Tajriba o'quvchining qo'lida.
- 01
Mavzuni tanlang
Darslikdagi tajriba tayyor turibdi.
- 02
O'zingiz yig'ing
Asboblarni tanlaysiz va o'zingiz ulaysiz.
- 03
Qonunni o'zingiz toping
O'lchaysiz, solishtirasiz, xulosa qilasiz.
Fanni qog'ozdan o'quvchining qo'liga olib chiqamiz.
Empira nomi “empirik” so'zidan olingan: bilim tajriba orqali keladi. Biz darslikdagi qotib turgan rasmni jonli laboratoriyaga aylantiramiz. Maqsadimiz oddiy: asbob yetmagan maktabda ham har bir o'quvchi tajribani o'zi o'tkazsin.
maktablarda zamonaviy laboratoriya bor.
Manba: Prezident yig'ilishi (maktab ta'limi), PQ-5032.
O'quvchilar uchun butunlay bepul.
- Barcha 3D tajribalar
- Tajribani noldan o'zingiz yig'asiz
- Maslahatlar va test savollari
- Telefonda ham, kompyuterda ham
- O'quvchidagi hamma imkoniyat
- Tayyor dars taqdimotlari: slayd, 3D tajriba, savol
- Sinf ochish va o'quvchilarni kod bilan qo'shish
- Sinf natijalari: kim tushundi, kim qiynaldi
Ko'p so'raladigan savollar.
Qanday boshlayman?
“Bepul boshlash” tugmasini bosing, Google yoki Telegram orqali kiring, keyin sinf va mavzuni tanlang.
Qaysi fan va sinflar bor?
Hozir 7–11-sinf fizikasi to'liq tayyor. Kimyo va biologiya ustida ishlayapmiz.
Empira pullikmi?
O'quvchilar uchun butunlay bepul. O'qituvchilar uchun Teacher Pro obunasi bor: choragiga 25 000 so'm, dastlabki 3 ta dars bepul.
Nimadir o'rnatish kerakmi?
Yo'q. Empira brauzerda ochiladi. Oddiy maktab kompyuterida ham, telefonda ham ishlaydi.
Internet kerakmi?
Ha, internet orqali ishlaydi. Sahifalar yengil, shuning uchun sekin internetda ham ochiladi.
O'qituvchi darsda qanday ishlatadi?
Tajribani doskada yoki proyektorda butun sinfga ko'rsatadi. Qiymatlarni dars paytida o'zgartirib, natijani sinf bilan birga tekshiradi.
O'quvchilar sinfga qanday qo'shiladi?
O'qituvchi sinf ochadi va qo'shilish kodini beradi. O'quvchi shu kod bilan sinfiga qo'shiladi.